Foydalanuvchi yo'riqnomasi

UBS Talaba Baza platformasidan foydalanish bo'yicha barcha rollar uchun to'liq qoidalar va imkoniyatlar.

Tizim haqida qisqacha

UBS Talaba Baza tizimi Telegram bot va Veb-ilova orqali talabalar ro'yxatini, guruhlarni hamda mustaqil ish mavzularini xavfsiz va dublikatlarsiz boshqarish imkonini beradi. Platforma gibrid ko'rinishda ishlaydi: ro'yxatdan o'tish Telegram bot orqali bajariladi, batafsil boshqaruv esa Veb-ilova orqali amalga oshiriladi.

Asosiy qoida: Tizimdagi rolingiz (Admin, Moderator yoki Talaba) sizning qaysi ma'lumotlarni ko'ra olishingizni va nimalar qila olishingizni belgilaydi.

Talaba tizimda o'z guruhi doirasida mustaqil ish mavzularini band qilib oluvchi foydalanuvchidir.

Ro'yxatdan o'tish va parol
  • Tizimdan foydalanish uchun Telegram bot orqali kontakt (telefon raqam) yuborishingiz kerak.
  • Veb-saytga (brauzerdan) kirish uchun botdagi "Veb-sayt uchun parol o'rnatish" tugmasini bosib, kamida 6 belgidan iborat parol o'rnatasiz.
Asosiy ma'lumotlar va Mavzu tanlash
  • Veb-ilova yoki Bot orqali "Asosiy ma'lumotlarni kiritish" bo'limida o'zingizning to'liq ism-sharifingiz, qabul yilingiz, ta'lim yo'nalishingiz va guruhingizni saqlaysiz.
  • Shundan so'ng "Mustaqil ishni kiritish" menyusi faollashadi. Bu yerda siz semestr va fanni tanlaganingizda, guruhdoshingiz tomonidan hali band qilinmagan bo'sh mavzular ro'yxati chiqadi. O'zingizga ma'qulini tanlaysiz!

Moderator (O'qituvchi) - tizimga admin tomonidan kiritilgan kod orqali faollashuvchi, o'z guruhlari va mavzularini boshqaruvchi xodim.

Moderator maqomini olish
  • Asosiy Admin sizga maxsus 6 xonali Taklif kodi beradi. Siz ushbu kodni Telegram botga yozib yuborishingiz bilan tizim sizga 30 kunlik sinov muddati va guruhlar (masalan: 10 ta guruh) limitini taqdim etadi.
Guruhlar va Mavzular boshqaruvi
  • Guruhlar: Siz tizimga o'zingiz dars beradigan guruhlarni qo'shishingiz va ularga kirishni nazorat (ochiq/yopiq) qilishingiz mumkin.
  • Mavzular: Talabalar tanlashi uchun mustaqil ish mavzularini bittalab yoki Excel orqali ommaviy yuklashingiz mumkin (Excelda 2-ustun "Mavzu" bo'lishi shart).
Nazorat va Hisobot
  • "Tanlangan mavzular" menyusi orqali qaysi talaba qaysi fandan nima mavzu tanlaganini to'liq kuzatib borasiz. Agar talaba xato tanlagan bo'lsa, uning natijasini o'chirib, qayta imkoniyat berishingiz mumkin.