Foydalanuvchi yo'riqnomasi
Nasiya Savdo platformasidan foydalanish bo'yicha barcha rollar uchun to'liq qoidalar va imkoniyatlar.
Umumiy tizim haqida
Nasiya Savdo tizimi Telegram bot va zamonaviy Veb-ilova orqali do'koningizdagi barcha hisob-kitoblarni, qarzlarni va xaridorlarni raqamlashtirish imkonini beradi. Platformaga kirish mutlaqo xavfsiz bo'lib, har bir foydalanuvchi o'zining shaxsiy Telegram akkaunti orqali tizimdan ro'yxatdan o'tadi.
Asosiy qoida: Sizning kim ekanligingizni (Do'kondor, Sotuvchi yoki Mijoz) maxsus Taklif kodlari (QR kod) belgilaydi.
Do'kondor - tizimda do'kon yaratgan va eng yuqori boshqaruv huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchidir.
Mahsulotlarni boshqarish va Eksport
- Ombor (Mahsulotlar) bo'limiga kirib, tovarlar nomi, narxi, qoldig'i, o'lchov birligi va rasmlarini yuklashingiz va tahrirlashingiz mumkin.
- Mahsulotlarni Eksport qilish: Bir nechta do'koningiz bo'lsa, "Eksport qilish" tugmasi orqali birinchi do'kondagi barcha mahsulotlar va ularning rasmlarini soniyalar ichida ikkinchi do'koningizga avtomatik nusxalab o'tkazishingiz mumkin.
Mijozlarni nazorat qilish va Bloklash
- Qarz daftari (Mijozlar) sahifasida mijozlar statusini 🟢 Faol yoki 🔴 Bloklangan holatga o'tkazishingiz mumkin.
- Xavfsizlik: Mijoz ma'lumotlarini tahrirlash yoki uni o'chirish vakolati faqat do'kon egasiga berilgan. Sotuvchilar mijoz ma'lumotlarini o'chira olishmaydi.
Xodimlar (Sotuvchilar) qo'shish
- "Sotuvchilar" vkladkasiga kirib, taklif kodini sotuvchingizga bering. U botga yuborish orqali do'koningizga birikadi.
- Sotuvchini xohlagan vaqtda vaqtincha bloklashingiz yoki butunlay o'chirib yuborishingiz mumkin.
To'lov va Ta'riflar
- Yangi ochilgan do'konlarga avtomatik bepul sinov muddati beriladi. Sinov tugagach "Ta'riflar va To'lov" bo'limida Click orqali obunani uzaytirishingiz mumkin.
Sotuvchi do'kondor tomonidan tayinlangan, xaridorlar bilan kassa amaliyotlarini o'tkazuvchi mas'ul shaxsdir.
Nasiya Savdo va Chegirmalar
- Kassaga kirish bo'limida kerakli mahsulotlarni tanlab, savatchaga solasiz.
- Moslanuvchan Chegirma: Savdo vaqtida mijoz uchun "Chegirma summasi" maydoniga ixtiyoriy summa yozishingiz mumkin. Tizim avtomatik chegirmani ayrgach, qolgan summani mijoz qarziga qo'shadi.
- Savdo tasdiqlanishi bilan mijoz Telegramiga rasmiy chek, chegirma miqdori va umumiy qarzi haqida bildirishnoma boradi.
Bloklangan mijozlar bilan ishlash
- Kassada do'kon egasi tomonidan bloklangan mijoz tanlansa, tizim unga yangi nasiya savdo rasmiylashtirishga yo'l qo'ymaydi.
- Bloklangan mijoz tanlanganda kassa avtomatik ravishda faqat "To'lov olish" rejimiga o'tadi (mijoz faqat eski qarzini to'lashi mumkin).
Qarzni uzish (To'lov olish)
- Mijoz pul olib kelganda "To'lov olish" vkladkasiga o'tib, summani kiritasiz va tasdiqlaysiz.
Mijoz do'kondandor bilan o'zaro ishonch asosida nasiyaga mahsulot oluvchi xaridordir.
Do'konga mijoz bo'lish
- Do'kondagi Maxsus QR kodni skanerlash orqali ulanasiz va do'kon mijoziga aylanasiz.
Shaxsiy qarzlarni kuzatish
- "Mening qarzlarim" bo'limida qaysi do'kondan qancha qarzingiz borligini ko'rishingiz va "Tarix" orqali barcha xaridlar va to'lovlar xronologiyasini tekshirishingiz mumkin.
Uydan turib buyurtma berish
- Do'konga borishdan oldin "Buyurtma berish" bo'limidan kerakli mahsulotlarni tanlab yuborasiz. Kassa buni tayyorlab qo'yadi.
- Diqqat: Agar siz do'konda vaqtincha bloklangan bo'lsangiz, ushbu do'konga masofaviy buyurtma yubora olmaysiz.
Nasiya Savdo tizimi va qo'llab-quvvatlash xizmati. V.2.0