Foydalanuvchi yo'riqnomasi

ONLAYN BAZA platformasidan foydalanish bo'yicha barcha rollar uchun to'liq qoidalar va imkoniyatlar.

Tizim haqida qisqacha

ONLAYN BAZA tizimi Telegram bot va Veb-ilova orqali har qanday turdagi axborot yig'ish formalarini yaratish, maxsus kodlar orqali tarqatish va ma'lumotlarni jadvallar ko'rinishida xavfsiz boshqarish imkonini beradi. Har bir foydalanuvchi tizimdagi o'z roliga qarab imkoniyatlarga ega bo'ladi.

Asosiy qoida: Tizimdagi maqomingiz (Admin, Moderator, User yoki Mehmon) sizning nimalar qila olishingizni belgilaydi.

Moderator - tizimda o'ziga belgilangan limit asosida yangi dinamik jadvallar va formalar yarata oluvchi mutaxassis.

Jadval konstruktori
  • Jadval yaratish: Boshqaruv panelidagi "Jadval yaratish" bo'limiga kirib formaning nomi, ko'rish ruxsati hamda faollik muddatini belgilaysiz.
  • Ustunlar (Maydonlar): Formaga istalgancha matn, uzun matn, dastur kodi, raqamlar, sana, vaqt, lokatsiya (geolokatsiya), ixtiyoriy fayllar (rasm/video/hujjat) turlarini qo'shishingiz mumkin.
  • Har bir ustun uchun minimal va maksimal belgilar, qiymatlar hamda majburiylikni aniq belgilash imkoni bor.
Formani tarqatish
  • Jadval saqlanganda tizim unga noyob (masalan: A1B2C3D4) kod beradi. Foydalanuvchilar faqat shu kod orqaligina formaga kira oladilar.
Tahrirlash, nusxa olish va eksport
  • Agar yaratgan jadvalingizga hali hech kim ma'lumot kiritmagan bo'lsa, siz uni Tahrirlashingiz mumkin. Ma'lumot tushgach, tahrirlash avtomatik bloklanadi.
  • Istalgan jadval tuzilishidan bir bosishda Nusxa olish imkoniyati mavjud.
  • Yig'ilgan ma'lumotlarni Mening jadvallarim -> Ko'rish bo'limidan ko'rishingiz, chop etishingiz va Excel formatida eksport qilishingiz mumkin.

Tizimga ma'lumot kirituvchilar — bot orqali ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yoki ochiq formalarga kiruvchi mehmonlar.

Kod orqali formaga kirish
  • Sizga berilgan "Maxsus Kod" ni bosh sahifadagi yoki menyudagi Yangi jadval kodi maydoniga yozasiz.
  • Agar forma muddatlari faol va sizga ruxsat etilgan bo'lsa, siz uchun maxsus so'rovnoma ochiladi.
Ma'lumotlarni to'ldirish qoidalari
  • Qizil yulduzcha (*) belgilangan maydonlarni to'ldirish majburiy.
  • Geolokatsiya (Lokatsiya): Formada sizning manzilingiz so'ralsa, uni qo'lda kiritishingiz yoki maydon chetidagi GPS ( ) tugmasini bosib, avtomatik joylashuvingizni yuborishingiz mumkin.
  • Fayllar (Rasm, Video, Hujjat): Yuklanayotgan fayllar formadagi cheklovlarga (hajm/format) mos kelishi kerak.
  • Avtomatik vaqt: Bunday maydonlarga o'zgartirish kirita olmaysiz. Tizim sizning so'rovni yuborgan aniq vaqtingizni o'zi muhrlaydi.
Lazy Creation: Birinchi ishtirokchi shaklni yuborgandagina, tizim barcha ma'lumotlar uchun o'zining asosiy ma'lumotlar bazasida fizik MySQL jadvalini quradi.